Главная » 2017 » Январь » 11 » 25 yoshdan keyin bo‘y o‘sadimi?!
08:38

25 yoshdan keyin bo‘y o‘sadimi?!


ilayotgan bo‘lsa, muammo kichkintoy ulg‘aygan muhitda bo‘lishi mumkin. Bolaning bo‘yiga onaning homiladorlik davridagi ovqatlanishi, boshdan kechirgan stress va kasalliklari ta’sir qiladi. Go‘daklik yoshida yuqumli va allergik kasalliklardan asrasangiz, vaqtida uqalash muolajalarini bajarib, chiniqtirish ishlariga kirishgan bo‘lsangiz, bu muammo sizda kuzatilmaydi. Albatta, ota-onaning bo‘yi ham bolaning rivojlanishida muhim. Axir bo‘y o‘sishi xuddi boshqa omillar singari nasl tortadi-da. Bugungi sahifamiz orqali bo‘y o‘sishiga doir dolzarb savollarga oydinlik kiritamiz. Mutaxassis - shifokor-endokrinolog Shahnoza MUSAYEVA.

«Shu holicha qolib  ketadimi?»

–     Qizim 25 yoshda. 2-darajali buqog‘i bor. Bo‘yi past. Qanday muolajalar yordamida bo‘yini o‘stirish mumkin?

Nafisa, Toshkent shahri

–     Birinchi galda shifokor-endokrinologga uchrab, farzandingizni to‘laqonli tekshiruvdan o‘tkazing. Shifokor UTT hamda qonda gormonlar nisbatini aniqlovchi tekshiruvni buyuradi. Bo‘y pastligi muammosiga keladigan bo‘lsak, rentgenografiya usuli yordamida bilak suyaklari tekshiriladi. Bu usul yordamida qizingizning suyaklari o‘sish hududida yoki yo‘qligini bilish mumkin. Uy sharoitida ko‘proq sut-qatiq mahsulotlarini iste’mol qilish, kechki soat 21:00 da uxlash tavsiya etiladi.

«Jismoniy mashqlardan naf bormi?»

–     Singlim 18 yoshda. Bo‘yi past. Qaysi sport turi yordamida bo‘yini o‘stirish imkoni bor?

Aziza, Farg‘ona viloyati

–     Bo‘y o‘sish gormoni qiz bolalarda birinchi hayz kelguniga qadar tezlik bilan rivojlanadi. Bundan keyin qizlarning o‘sishi dargumon. Singlingizda hayz nisbatan kech, misol uchun 16 yoshda boshlangan bo‘lsa, tekshiruvda suyaklarning o‘sish hududi hali yopilmaganligi aniqlansa, davo muolajalari kor qilishi mumkin. Bo‘yni o‘stirishda suzishning «brass» turi yordam beradi. Suzish jarayonida odamning umurtqasi uzayib-rostlanishi hisobiga bo‘yi cho‘zilishi mumkin. Arg‘imchoq sakrash mashqlari ham foydali.

«Er-xotin o‘rta bo‘ylimiz, o‘g‘lim ham shunday bo‘ladimi?»

–     Turmush o‘rtog‘im ikkimizning bo‘yimiz unchalik baland emas. O‘g‘lim 52 sm tug‘ilgan, hozir 2 yoshda. Shifokor, bolaning o‘sish sur’atlari me’yorda, ammo baribir o‘rta bo‘y bo‘ladi, dedi. Bolamning bo‘yi biznikidan balandroq bo‘lishi uchun nimalarga ahamiyat berish kerak?

Dono, Toshkent shahri

– Bolaning bo‘yiga, albatta, irsiyat ta’sir qiladi. Bu degani ota-onasi o‘rta bo‘y bo‘lib, misol uchun, otasining bo‘yi  168 sm, onasining bo‘yi 160-162 sm.  bo‘lsa  o‘g‘il bola 164-170 sm. gacha, qiz bolada esa 158-162 sm. bo‘lishi mumkin. Ota-ona o‘zining past bo‘yligini hisobga olib, quyidagilarga ahamiyat berish kerak:

* Bola oqsil, kremniy, ruh hamda D va V vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qilsin. Ushbu taomnoma: baliq, qo‘y jigari, bedana tuxumi, selder ko‘kati, dukkaklilar, oshqovoq urug‘i, qora mayiz, kunjut, suli, olma, banan, sabzi va o‘simlik moylaridan iboratdir.

* Vaqtida uxlashiga ham ahamiyat bering: o‘sish gormoni kunduzgi uyqu hisobiga ko‘payadi.

* Farzandingizning o‘sishini kuzating. Tug‘ilishidan 5 yoshgacha, maktab davrida esa 9–11 yoshgacha bola bo‘yi jadallik bilan o‘sadi. Ayniqsa, yoz ichida 7-9 yoshli bola o‘tgan yilga nisbatan kamida 7-8 sm.ga o‘sgan bo‘lishi kerak. 5-6 sinflarda bo‘y o‘sishi yana sekinlashadi, balog‘at davrida esa yana kuchayadi. Shu davrlar ichida bolaning ruhiy ahvoliga e’tiborli bo‘lib, vaqtida dam olishi, sport bilan shgug‘ullantirsangiz, sizning bo‘yingizdan 8-10 sm.gacha balandroq o‘sishiga imkon yaratasiz.

* Bola kuniga uch mahal, 5-10 daqiqagacha turnikda osilib, tizzalarni bukib-rostlashi, polga qorin bilan yotib, «kemacha» singari qo‘l-oyoqlarni cho‘zib, gavdani o‘ng-chapga harakatlantirishi foydali. Balandlikka  sakrash bilan bog‘liq sport turlari – basketbol va voleybol bolaning bo‘yini 7-10 sm.gacha uzayishiga xizmat qiladi. Faqat shug‘ullanish haftasiga uch marta va 45 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak.  

* Bordi-yu, bola tengqurlaridan o‘sishda ortda qolayotgani sezilsa va yuqoridagi tavsiyalar naf bermasa, shifokor-endokrinolog ko‘rigidan o‘tib, dori-darmonlar yordamida bo‘yni o‘stirishga kirishiladi. Lekin bu jarayonni ertaroq boshlagan ma’qul. Balog‘at yoshidan keyin bo‘y o‘stirish muolajasi naf bermasligi mumkin.

Barno HOJIMIRZAYEVA tayyorladi.  


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: bo‘y o‘sadimi, keyin, 25 yosh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя