Главная » 2016 » Ноябрь » 18 » Ajib taom - bolgarcha pishirilgan qo‘y go‘shti
13:38

Ajib taom - bolgarcha pishirilgan qo‘y go‘shti


Zarur masalliqlar (6 kishilik): 1 kg. qo‘y go‘shti (yog‘li bo‘lsin), 3 bosh piyoz, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 2 osh qoshiq un, 1 osh qoshiq tomat pastasi, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, qora murch, lavr yaprog‘i, ko‘k piyoz, petrushka, maydalangan qizil murch, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qo‘y go‘shtini o‘rtacha kattalikda bo‘laklab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuring.

2. Piyozni mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab, qovurilayotgan go‘shtga qo‘shing. Tuz sepib, yana 5 daqiqa qovurishda davom eting.

3. Qovurmaga un solib, aralashtiring. Maydalangan qizil murch seping. Keyin go‘sht botadigan miqdorda qaynoq suv soling. Lavr yaprog‘i solib, 1 soatcha past olovda dimlang. Go‘sht mayin va yumshoq pishishi kerak.

6. Qora murch donalari, tomat, maydalab to‘g‘ralgan ko‘k piyoz va sarimsoq piyozni solib, yana 15 daqiqa dimlang. Ko‘katlar bilan bezab, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 2 soat


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Ajib taom, ritsept, Go'sht, bolgarcha pishirilgan qo‘y go‘shti | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя