Главная » 2017 » Декабрь » 8 » Alla Pugachyovaning shoshilinch tarzda nikohdan o‘tishi sababi ma’lum bo‘ldi
18:09

Alla Pugachyovaning shoshilinch tarzda nikohdan o‘tishi sababi ma’lum bo‘ldi




O‘tgan hafta Rus pravoslav cherkovi arxiyereylari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda cherkov qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Endi nikohdan o‘tmoqchi bo‘lganlarning birortasi uch marta ajrashib ulgurgan bo‘lsa, ularning nikoh marosimini o‘tkazishiga ruxsat berilmaydi.

Pugachyova esa besh marta ajrashgan. Allaga kimdir bo‘lajak o‘zgarishlar haqida oldindan xabar berib, shoshilishni aytganligi taxmin qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Muqaddam 68 yoshli Alla Pugachyova 41 yoshli Maksim Galkin bilan cherkovda diniy nikohdan o‘tdi. Bunga qadar ular olti yil davomida rasmiy nikohda yashab kelgan edi.

Muxlislar 68 yoshli xonanda og‘ir xastaligi tufayli o‘limi oldidan nikohdan o‘tganini taxmin qilgan edi. Ammo Pugachyova bu gaplarni tasdiqlamadi. U mazkur marosim farzandlari va eri uchun ekanligini ta’kidlash bilan cheklandi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя