Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Baliqli uxa – tushlika sabzavotlar uyg‘unligi!
17:07

Baliqli uxa – tushlika sabzavotlar uyg‘unligi!


Zarur masalliqlar: 1 kg. baliq go‘shti, 4 ta kartoshka, 3 dona pomidor, 1 tadan yashil va qizil bulg‘or qalampiri, 1 bosh piyoz, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, yarimta limonning sharbati, o‘simlik yog‘i, zira, murch, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Baliqni o‘rtacha kattalikda bo‘laklab, qaynating.

2. Piyozni halqa qilib to‘g‘rang. Sarimsoq piyozni maydalang.

3. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida piyoz va sarimsoq piyozni qovuring (kattaroq idishda).

4. Bulg‘or qalampirini mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab, qovurilayotgan piyozga qo‘shing. Olovni pasaytirib, 2-3 daqiqa qovurishda davom eting. Qovurma ustidan 1,5 l. suv soling. Keyin bo‘laklangan kartoshkalarni soling. Ziravorlar va tuz sepishni ham unutmang.

5. Pomidorni ham to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab, sho‘rvaga soling. Baliq qaynayotgan suvni yarimta limon sharbati bilan birga sho‘rvaga soling. Baliq go‘shtini alohida idishga olib qo‘ying. Sho‘rva qaynab chiqqach, pishgan baliq go‘shti ustidan sho‘rvani suzib, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 10 daqiqa


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Baliqli uxa | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя