Главная » 2017 » Май » 29 » “Barkamol avlod-2017”: musobaqa bosh mukofoti kimga nasib qildi?
09:52

“Barkamol avlod-2017”: musobaqa bosh mukofoti kimga nasib qildi?


Avval xabar berganimizdek, 25-27 may kunlari Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” universal sport majmuasi stadionida akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining “Barkamol avlod-2017” sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada eng ko‘p medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri jamoasi bosh mukofot – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod-2017” sport o‘yinlari qatnashchilariga tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg‘asi – Damas avtomobili bilan taqdirlandi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan Andijon viloyati va uchinchi pog‘onadan joy olgan Samarqand viloyati jamoalariga Prezident sovg‘asi – Damas avtomobillari topshirildi.

Murosasiz kurashlarda alohida mahorat ko‘rsatgan, tengqurlari orasida yuqori natijalarga erishgan bir guruh o‘quvchi-sportchilar maxsus sovrinlarga sazovor bo‘ldi.

Sportning 17 turi – basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, shaxmat, og‘ir atletika, boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, suzish, yengil atletika, tennis, stol tennisi, badminton va badiiy gimnastika bo‘yicha bellashuvlarda litsey va kollejning 898 o‘quvchisi ishtirok etdi. Sportchilar 193 oltin, 193 kumush va 214 bronza medali uchun bahs olib bordi.

Musobaqalarning yopilish marosimida “Barkamol avlod-2017” sport o‘yinlarining bayrog‘i tushirildi. Uni jizzaxlik sportchilar akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining navbatdagi final musobaqasiga mezbonlik qiladigan Qashqadaryo viloyati vakillariga topshirdi.

Uch kun davomida porlab turgan “Barkamol avlod –2017” mash’alasi asta so‘ndirildi.

“Barkamol avlod-2017” o‘yinlarining yopilish marosimi sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va san’atkorlarning katta konserti bilan yakunlandi.

“Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarining yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bosh mukofot, Barkamol Avlod, Barkamol avlod-2017, musobaqa, kimga nasib qildi? | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя