Главная » 2017 » Апрель » 19 » Blinchik tayyorlashning 10 siri
12:30

Blinchik tayyorlashning 10 siri


1. Blinchik xamiriga solinayotgan sut iliq holatda bo`lishi kerak. Shunda un yaxshi aralashadi. Sovuq holatda solingan sutda esa un yig`ilib qolishi mumkin.

2. Blinchikning xamiri mayin bo`lishi uchun unni elakdan o`tkazib, 5 daqiqaga qoldiring. Kislorod bilan to`yingan un asosiy masalliqqa aralashgach, xamir sifati yaxshilanadi.

3. Shakar va tuz me`yorini oshirib yubormang. Agar tuz ko`payib ketsa, xamir qizarib, huddi kuyib ketgandek ko`rinishga keladi. Shakari ortib ketganida esa tovaga yopishib qolishi mumkin.

4. Nonushtaga nachinkasiz blinchik tayyorlashni istasangiz, xamiriga pichoq uchida iste`mol sodasini qo`shing. Shunda pishirig`ingiz ko`tarilib chiqadi.

5. Agar blinchik tayyorlaydigan tovangiz pand berayotgan bo`lsa, quyidagi «muolaja» ni bajaring. Avval tovani sovuq suvda chaying. So`ng ichini osh tuzi bilan to`ldiring. Bir necha daqiqa olovga qo`yib qizdiring-da, tuzini to`kib tashlang Tovani salfetka bilan artib, ozroq o`simlik yog`i bilan artib oling.

6. Tayyor blinchiklarni laganga terib, ustidan sariyog` surtib qo`ying. Ana shu ketma-ketlikda terilgan blinchiklar juda mayin va xushxo`r bo`ladi.

7. Xamir suyuqligiga e`tibor bering. Agar blinchik xamiri quyuqlashib ketsa, blinchik g`ovaksimon bo`lib pishmaydi. Salgina suyuqroq xamir tayyorlasangiz, orasida mayda teshikchalari ko`p bo`ladi.

8. Agar tovaga quyilgan xamir joyidan qo`zg`almasa yoki olayotganingizda uzilib ketsa, masalliqlarga tuxum va un qo`shish kerak.

9. Kecha tayyorlagan blinchikni nonushtaga isitib tortiq etmoqchi bo`lsangiz, quyidagi usuldan foydalaning. Blinchik terilgan idish ustini zar qog`oz (folga) bilan o`rab, 10 daqiqaga gaz pechiga qo`ying.

10. Blinchik qiymasi yopishqoq bo`lmasligi uchun qovurayotganda yarim piyola suv qo`shing. Shunda go`shti mayin chiqadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: 10 siri, Blinchik, tayyorlash | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя