12:55 Diqqat! Ushbu kasallik koronavirus bilan og‘rigan har uchinchi bemorda uchramoqda | |
Statistika shuni ko‘rsatadiki, koronavirus bilan kasallangan har uchinchi odamda sepsis rivojlanadi. Bu haqda Sechenov universiteti pulmonologiya kafedrasi mudiri, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari pulmonologi Sergey Avdeev ma’lum qildib deya yozmoqda “Dori-Darmon” AK Axborot xizmati. "Bemorda patogen bor, organlar faoliyati buzilgan, shuning uchun, albatta, COVID-19da sepsis mavjud", - deydi olim. Avdeevning so‘zlariga ko‘ra, 150 nafar bemorning o‘rtacha 49 nafari sepsis bilan kasallangan. Eslatib o‘tamiz, tibbiyotda sepsis yuqumli qon zaharlanishi deb ataladi. Infeksiya qon oqimiga tushganda bu jiddiy holat. Sepsisni albatta davolash kerak, aks holda bu o‘limga olib kelishi mumkin.
Manba: "aniq.uz"
| |
|