Главная » 2017 » Май » 31 » Endi ona tili o‘qituvchilari ham rahbar bo‘ladi
17:16

Endi ona tili o‘qituvchilari ham rahbar bo‘ladi


Oliy ta’lim va o‘rta maxsus tizimdagi axborot-resurs markazlariga o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ham boshchilik qilishi mumkin. Bu haqda ishonchli manbalarimiz saytimizga xabar bermoqda.

Bunga qadar axborot-resurs markazlariga faqatgina “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” mutaxassisligiga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli fuqarolargina rahbarlik qilgan.

Afsuski, bugunga qadar kutubxona ishi yo‘nalishi bo‘yicha yurtimizdagi bittagina oliy ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanardi. Shuning uchun bu kabi mutaxasissislar nafaqat hududularda, balki poytaxtda ham ancha kamyob hisoblanadi. Bil’aks, sharoit va beriladigan ish haqining pastligi ham muammoning bir uchida turibdi.

Ta’lim muassasalari rahbarlari kadrlar yetishmovchiligi bo‘yicha mutasaddilarga ma’lum qilishgan va bu masala Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati tomonidan ijobiy hal etilgan.

Musulmonbek Ibrohimov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ona tili, raxbar | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя