09:34 Farg‘onada er xotinini pichoqlab o‘ldirib, IIBga qotillik haqida o‘zi xabar berdi | |
Joriy yilning 16 may kuni soat 23:30 larda Rishton tuman IIB navbatchilik qismiga fuqaro Sh.M. kelib, turmush o‘rtog‘i fuqaro S.M.ni qasddan o‘ldirganini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda. U joriy yilning 16 may kuni soat 23:00 larda turmush o‘rtog‘i S.M. bilan farzandi — 2018 yilda tug‘ilgan H.Z.ni davolatish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga kelib, shifoxonaning kirish qismidagi hojatxona tomonga birgalikda o‘tib, rashk tufayli oldindan o‘ylab qo‘ygan qasd olish rejasini amalga oshirgan. U o‘zining o‘ng oyoq qismiga bog‘lab olgan oshxona pichog‘ini olib, turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismini ikki marotaba pichoq bilan kesib, orqa kurak qismiga ikki marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 17 may sanasida Rishton tuman prokuraturasi tomonidan Sh.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sh.M. kecha, 18 may kuni jinoyat ishi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|