Главная » 2017 » Январь » 4 » Fransuzcha taom – kechki dasturxonga!
17:57

Fransuzcha taom – kechki dasturxonga!


Zarur masalliqlar: 400 gr. mol go‘shti, 100 gr. pishloq, 4 ta kartoshka, 3 bosh piyoz, 3 osh qoshiq smetana, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 1 osh qoshiq sirka, tuz, shakar, sous, qalampir.

Tayyorlanishi: 1. Go‘shtni 1 sm. qalinlikda, o‘rtacha kattalikda bo‘laklarga bo‘ling. Bolg‘acha bilan uring. So‘ngra tuz, murch va o‘simlik yog‘ini yaxshilab surtib, xona haroratida biroz muddat qoldiring.

2. Piyozni halqa shaklida to‘g‘rab, qaynatilgan suv, sirka, tuz va shakar solib, marinadlab qo‘ying.

3. Smetanaga tuxum, murch va tuz qo‘shing. Istakka ko‘ra, sous solish mumkin. Yaxshilab sanchqi bilan aralashtiring.

4. Kartoshkani aylana shaklda to‘g‘rang.

5. Yog‘langan chuqurroq qolipga marinadlangan go‘shtni soling. Ustidan mayonezli sousni quying. Piyozni ham solgach, sousdan yana ozgina quying.

6. Toblamaning ustiga kartoshka bo‘laklarini joylab, sousning qolganini ham solasiz-da, mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepib, 190-200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga qo‘ying. Taomga sanchqi suqib, pishganini bilish mumkin. Agar go‘sht qattiqroq bo‘lsa, ustiga zar qog‘oz (folga) yopib, yana 20 daqiqa 150 daraja qizdirilgan gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 2 soat

4 kishilik


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Fransuzcha taom, kechki dasturxonga | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя