Главная » 2017 » Июль » 23 » Homiladorlik davrida jinsiy aloqa (+18)
11:16

Homiladorlik davrida jinsiy aloqa (+18)


Homiladorlik davrida ayollarning jinisy aloqaga bo'lgan munosabati o'zgarishi mumkin. Bunga organizmda bo'layotgan keskin gormonal o'zgarishlar sabab bo'ladi.

Ba'zi er-xotinlar homiladorlik davrida homilaga ziyon yetkazib qo'yishdan qo'rqib jinsiy aloqadan umuman voz kechadilar. Aslida homila tashqi muhit zarbalaridan bachadon ichidan yaxshi himoyalangan bo'ladi. Shuning uchun homiladorlik hech qanday muammosiz kechayotgan bo'lsa, jinsiy aloqadan voz kechish shart emas. Faqatgina ehtiyotkorlik va mayinlik talab etiladi xolos.

Ba'zi ayollarda toksikoz alomatlari kuchli bo'lib jinsiy aloqaga nafrat bilan qaraydigan bo'lib qoladilar. Shunda er ayolining holatini tushunib, sabrli bo'lishi kerak bo'ladi.

Agar aksincha, homilador ayolning aloqaga ehtiyoji katta bo'lsa, uni qondirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Eng asosiysi ayolni bunga o'z xohishi bilan yondashishidir. Chunki homilador ayolni jinsiy aloqaga majburlash mumkin emas.

Homiladorlik davrida quyidagi hollarda jinsiy aloqa qilish man etiladi:

Homilaning tushish xavfi bo'lsa;

Homiladorlik davri muammolar bilan o'tayotgan bo'lsa;

Homiladorlikning dastlabki 3 oyida qon ajralmalar namoyon bo'layotgan bo'lsa;

Ayolning jinsiy aloqaga kirishish istagi bo'lmasa;

Homilaga yoki qoringa og'rilik tushadigan holda aloqa qilinsa;

Homilador ayolning eri jinsiy infeksion kasallik bilan kasallangan bo'lsa;

Homilaning muddatidan oldin tug'ilib qolish havfi bo'lsa;

Shifokor ma'lum sabablarga ko'ra aloqa qilishni man qilib qo'ygan bo'lsa.

Eng asosiysi homiladorlik tabiiy holat ekanligi haqida unutmaslik lozim. Agar ayol o'zini yaxshi his etib, eri bilan birga bo'lishni istab, homiladorlik davri muammosiz kechayotgan bo'lsa, jinsiy hayotni oldindagidek davom ettirish mumkin. Faqat aloqa holati qoringa va homilaga zarar yetkazmaydigan bo'lishi darkor.


Manba: "tarona.tv"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: Homiladorlik davrida, jinsiy aloqa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя