Главная » 2017 » Май » 5 » ​Isroilda nikohni bekor qilish uchun o`n yildan ortiq vaqt ketadi
17:04

​Isroilda nikohni bekor qilish uchun o`n yildan ortiq vaqt ketadi


Isroilda turmush qurayotgan aksariyat yoshlar nikohni rasman qayd etishni xohlamaydi, deb xabar berdi “1tv.ru” nashri.

Isroilda bir tomonning xohishi bilan ajrashib bo`lmaydi. Ba`zi bir erkaklar nikohni bekor qilish uchun rafiqasidan 150 ming evro pul to`lashni talab qilishdan ham qaytmayapti.Muhabbat va nafratning orasi bir qadam ekanligiga Ilanit o`z hayotiy tajribasi orqali amin bo`ldi. U turmush qurgandan keyin bir yil o`tar-o`tmas, oilasida turli nizolar chiqa boshladi. Janjallardan charchagan ayol ajrashishga qaror qildi, ammo oradan besh yil o`tib ketganiga, turmush o`rtog`i bilan yashamasligiga qaramay, Ilanit hamon nikohni rasman bekor qilolmadi. “Erimning qaerdaligini bilmayman. Yoshim 37 ga to`ldi, to nikohni bekor qilmas ekanman, qayta turmush qura olmayman, farzand ko`ra olmayman. Boshqa erkak bilan rasman nikohi qayd etilgan ayol boshqa erkakdan farzand ko`rsa, mamlakatimizda bunday ayolning haq-huquqlari chegaralanadi”, deydi Ilanit Appelshteyn.

“Isroilda erkak rafiqasidan ajrashgandan keyin katta miqdorda tovon puli to`lashi lozimligi tufayli bunga rozilik bermaydi. Ammo tomonlardan birining noroziligi tufayli sud nikohni bekor qila olmaydi. Ayollar nikohni rasman bekor qilish uchun 10-15 yillab kutishga majbur bo`lmoqda. Hattoki bir mijozimning eri ajrashish uchun rafiqasidan 150 ming evro talab qildi. Agar shu mablag`ni bersa, nikohni rasman bekor qilishga rozi bo`lishini ma`lum qildi”, deydi huquq himoyachisi Bati Kaana Dror.

Shuning uchun ham isroillik yoshlar Evropa mamlakatlarida nikohdan o`tishga harakat qilishmoqda, chunki chet elda ajrashish hech qanday muammo tug`dirmaydi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vaqt ketadi, bekor qilish, ​Isroil, Nikoh, ortiq, on yil, uchun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя