19:02 Janubiy Koreya JCh—2018 hal qiluvchi saralashining safar o‘yinlarida umuman g‘olib chiqmagan | |
5-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan o‘ynaydigan Janubiy Koreya termasi JCh—2018 saralashining hal qiluvchi bosqichida 2-o‘rinni egallab turibdi. O‘yinlar jadvalida nazar solinsa, koreyaliklar safarda o‘tgan birorta uchrashuvda zafar quchmaganini ko‘rish mumkin. “Osiyo yo‘lbarslari” faqatgina Suriyaga qarshi o‘yinda 1 ochko ishlab olgan — 0:0. Qayd etish kerak, Suriya o‘zining uy uchrashuvlarini Malayziyada o‘tkazib kelmoqda. Qolgan safar bellashuvlari koreyaliklarning mag‘lubiyati bilan yakun topdi — Eron 0:1, Xitoy 0:1, Janubiy Koreya 2:3. Aynan Dohadagi mag‘lubiyatdan keyin bosh murabbiy Uli Shtilike iste’foga chiqarildi. Koreyaliklar o‘zining so‘nggi safar o‘yinini Toshkentda O‘zbekistonga qarshi o‘tkazadi. Ularda yana bir bor ochko yo‘qotib ham, JCh uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiptaga ega chiqish imkoniyati bor. O‘zbekiston terma jamoasi saralashning 5 ta uchrashuvida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, bosh murabbiy iste’foga chiqarilmagan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|