Главная » 2016 » Декабрь » 13 » Kabobmisan kabob - tovuq go‘shtidan ajoyib taklif!
17:08

Kabobmisan kabob - tovuq go‘shtidan ajoyib taklif!


Zarur masalliqlar: 1 kg. tovuq go‘shti (suyaksiz), 2 osh qoshiqdan  soya sousi va pomidor tomati, 1 osh qoshiqdan achchiq qalampir, tuz, zira,  yarim bog‘ shivit. Garnir uchun: 2 ta kartoshka, 1 stakan guruch.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go‘shtini o‘rtacha kattalikdagi to‘rtburchak shaklida kesib, soya sousi, tuz, zira va qalampir bilan marinadlang.

2. Alohida idishda pomidor tomatini 1 stakan qaynatilgan suv va to‘g‘ralgan shivit bilan aralashtiring.

3. Marinadlangan go‘shtni kabob cho‘pchasiga terib chiqing. So‘ngra toblama idishiga joylang. Ustidan tomatli aralashmani quyib, 160 daraja issiq haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying. Taom 30 daqiqada tayyor bo‘ladi.

4. Garnir uchun kartoshkani qovuring, guruchni esa dimlang. Kabob pishgach, likopcha yarmiga garnirni, yarmiga esa kabobni joylab, dasturxonga tortishingiz mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: kabob, tovuq go‘shti, Kabobmisan kabob | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя