Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Kartoshkadan Rulet - go‘shtsiz ham betakror va mazali taomlar tayyorlash mumkin!
17:07

Kartoshkadan Rulet - go‘shtsiz ham betakror va mazali taomlar tayyorlash mumkin!


Zarur masalliqlar (4 kishilik): 700 gr. kartoshka, 75 gr. pishloq kirindisi, 2 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 1 tadan sabzi va qizil bulg‘or qalampiri, 4 osh qoshiq un, 1 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq tomat, maydalangan ko‘kat, o‘simlik yog‘i, 1-2 bog‘ kashnich, maydalangan qora murch, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshkalarni po‘stidan tozalab, qaynating. Qaynab chiqqach, past olovda yana 20 daqiqa qaynasin. Keyin suvini to‘kib tashlab, issiq holida ezing.

2. Ezilgan kartoshkaga 1 dona tuxum, tuz, qora murch, un solib, yaxshilab aralashtiring. Aralashmani namlangan toza salfetka ustiga yoying.

3. Piyoz, sabzi, qizil bulg‘or qalampiri va kashnich bandini somoncha shaklida to‘g‘rang. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuring. Tomat solib, 5-7 daqiqa qovurishda davom eting. So‘ng maydalangan ko‘katni qo‘shing.

4. Sabzavotli qovurmani yoyilgan kartoshkali aralashma ustidan solib, nam salfetka yordamida rulet shaklida o‘rang. Qolgan 1 dona tuxumni smetana bilan aralashtirib, rulet ustidan surting. Pishloq qirindisini ham sepib, 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga qo‘ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 25 daqiqa.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Kartoshkadan Rulet, rulet, go'shtsiz | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя