Главная » 2016 » Ноябрь » 18 » Mayin kartoshka bo‘tqasi tayyorlashning 10 siri
13:38

Mayin kartoshka bo‘tqasi tayyorlashning 10 siri


A’lo darajadagi kartoshka bo‘tqasi bu  mayin, yengil, yoqimli ta’mli va qaymoqrangli bo‘tqadir. Aslini olganda, qaynatilgankartoshkani ezishdan   ham osoni bormi? Yo‘q, ammo bo‘tqa mazali chiqishi uchun har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan bir qator qoidalar mavjud.

1.     Kraxmal miqdorini aniqlang. Bo‘tqa mayin va yengil bo‘lishi uchun tarkibida kraxmali ko‘p bo‘lgan kartoshkadan xarid qiling. Kartoshka tarkibidagi kraxmal miqdorini aniqlashning oddiy, xalqona usullaridan biri, uni ikkiga bo‘lib, bo‘laklarni bir-biriga ishqalashdir.  Agar katoshka tarkibida kraxmal ko‘p bo‘lsa, bo‘laklar bir biriga yopishib, ajralmaydi,

2.     Qanday kartoshni tanlash kerak? Bo‘tqa uchun yangi chiqqan kartoshka to‘g‘ri kelmaydi, chunki uning tarkibida kraxmal miqdori kam. Natijada, taomingiz qumoq-qumoq bo‘lib qoladi.

3.     Yoqimsiz hiddan xalos bo‘lish.  Kartoshkani po‘stidan archishdan oldin uni yaxshilab yuving. Chunki sabzavot yerning isini o‘ziga singdirib olgan bo‘ladi.  Agar uni yuvmasangiz, po‘sti olingan kartoshkani qancha yuvmang hidi turaveradi.

4.     Ivitimang. Tozalangan kartoshkani suvda uzoq ivitib qo‘ymay darrov pishiring. Suvda uzoq qolib ketgan kartoshkaning ta’mi o‘zgaradi, kraxmali ham yuvilib ketadi.

5.     Tuz yoddan chiqmasin. Kartoshkalarni qaynayotgan, tuzli suvga soling. Shunda bo‘tqa tarkibiga tuz yaxshi singib, mazali bo‘ladi. Agar uni sovuq suvda qaynata boshlasangiz, ustki qismi tez pishib, o‘rtasi xomligicha turaveradi.

6.     Ko‘p suv solmang. Qozonga kartoshkani nomigagina yopadigan darajada suv quying. ªaynab chiqqandan so‘ng olovni pasaytirib, 20-25 daqiqa, qopqog‘i yopiq holda pishirib oling.

7.     To‘g‘ri “yordamchi” tanlang. Sabzavot pishganidan so‘ng suvini to‘kib tashlang. Uni bo‘tqa holatiga keltirish uchun blender yoki oshxona kombaynidan foydalanmaganingiz ma’qul. To‘g‘ri bunday usul ishni ancha tezlashtiradi, lekin bo‘tqani yopishqoq va og‘ir qilib qo‘yadi. Yaxshisi maxsus ezg‘ichdan foydalaning.

8.     Maxsulotlar solinish ketma-ketlika amal qiling. Avval kartoshkaga xech narsa solmagan holda ezg‘ilang, so‘ng oz-ozdan sariyog‘ soling. Fransuz bosh oshpazlari kartoshka bo‘tqasiga aynan sariyog‘ni ayamaslikni tavsiya etadilar. Sariyog‘dan so‘ng esa issiq sut yoki suyuq qaymoq qo‘shiladi. Agar ular sovuq bo‘lsa, bo‘tqaga yopishqoq massaga aylanadi.  

9.     Shu ondayoq yeng. Bo‘tqani oldindan tayyorlamang, uni tayyor bo‘lishi bilan dasturxonga tortish kerak. Bo‘tqa isitilmaydigan taomlar turiga kirishini esingizdan chiqarmang.

10.   O‘zgacha ta’m sari. Іech kimnikiga o‘xshamas, faqatgina xashamatli restoranlarda mehmonlarga tortiladigan bo‘tqani tayyorlash uchun, kartoshka qaynayotganda unga dafna bargi, boshqa sabzavotlar solib yuboring. Uni bo‘tqa holatiga keltirayotganda esa zaytun yog‘ida tab berilgan piyoz, maydalangan yangi ko‘katlar yoki maydalangan muskat yong‘og‘idan solib yuboring.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Kartoshka, kartoshka bo‘tqasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя