Главная » 2016 » Октябрь » 25 » Mazali toblama - behidan tvorogli shirinlik!
14:56

Mazali toblama - behidan tvorogli shirinlik!


Zarur masalliqlar: 500 gr. tvorog, 50 gr. sariyog‘, 2 dona tuxum, bitta behi, 6 osh qoshiq shakar, 5 osh qoshiq bug‘doy yormasi, 3 osh qoshiq sut.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum va shakarni mikserda ko‘pirtiring. Yumshatilgan sariyog‘ni qo‘shing.

2. Aralashmaga tvorog va sut solib, mikserda aralashtirishda davom eting.

3. Bug‘doy yormasini ham qo‘shing-da, ko‘pirtiring. Keyin 10 daqiqaga qoldiring.

4. Behini po‘stidan archib, mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing-da, tvorogli aralashmaga soling. Uzunchoq va chuqur qolipga pishiriq qog‘ozini joylang-da, aralashmani solib, 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo‘ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

4 kishilik


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: shirinlik, Mazali toblama, Behi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя