Главная » 2017 » Октябрь » 27 » Microsoft’ning bozordagi qiymati rekord darajaga yetdi
20:18

Microsoft’ning bozordagi qiymati rekord darajaga yetdi


Jahondagi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi eng yirik korporatsiya - Microsoft Corp. 2018-moliyaviy yilning birinchi choragida sof foyda va daromadni bozordagi taxminlardan ko‘ra ko‘proq qo‘lga kiritdi. Bu bulutli biznes muvaffaqiyati tufayli yuz berdi.

Juma kuni dastlabki savdolar davomida kompaniya aksiyalari qiymati 4,6%ga ko‘tarilib, bir dona uchun 82,34 dollarlik rekord narxga yetdi. Yil boshidan buyon kompaniyaning bozordagi qiymati 27 foizga o‘sib, 606,66 milliard dollarni tashkil etdi.

Kompaniyaning matbuot-relizida xabar berilishicha, iyul-sentabr oylarida sof foyda 6,58 milliard dollarni tashkil etgan, yoki bir aksiya bo‘yicha hisoblanadigan bo‘lsa – 84 sentga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich 5,67 milliard dollar yoki bir aksiya uchun 72 sentni tashkil qilgandi.

Kompaniya daromadi 12 foizga oshib, 24,54 milliard dollarni tashkil etdi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Microsoft | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя