Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Noodatiy reseptlar
17:07

Noodatiy reseptlar


1. Pomidor va kotlet

Pishgan kotletlarni ikkiga ajratilgan pomidor ichiga joylab, ustidan mayonez va pishloq qo‘ying. Pomidorning ikkinchi bo‘lagini yopib, tish kovlagich bilan mustahkamlaysiz.

2. Konvertli somsa

Qatlama xamirdan suratdagi kabi kesma yasab, ichiga qiyma va pishloq bo‘lagini qo‘ying-da, tuging.

3. Pishloqli gazak

Uchburchak shaklda kesilgan pishloqni pomidor va ko‘katlar bilan bezating. So‘ng uzunchoq pechene bilan birlashtirsangiz kifoya.

4. Sosiskali mini pissa

Dumaloq shaklda yoyilgan xamir ichiga qaynatilgan sosiskani joylab, suratdagi kabi tuging. So‘ng ustidan kesib chiqing. Ichini pomidor, mayonez va pishloq bilan to‘ldirasiz.

5. Shunaqasi ham bo‘ladi

Uvalanuvchi xamirni konussimon qolipda pishirib oling. Korj ichiga kolbasa, pomidor, mayonez va pishloq solib, 10 daqiqa gaz pechiga qo‘yasiz.

6. Qovurilgan olma

Paraklangan olmani xalqa shaklida kesib olib, un va dolchin aralashmasiga botiring. Qizdirilgan yoјda qovurib, yuzasiga shakar seping.

7. Piyozli garnir

Bir bosh piyozni suratdagi kabi kesing. Unga botirib, o‘simlik yog‘ida qovurib oling. Kotlet va teftellar uchun qarsildoq garnir bo‘ladi. 

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: mayiz, tvorog, Tonggi tuhfa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя