Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Olxo‘ri murabbosidan «PAY» - mehmon kelsa...
17:07

Olxo‘ri murabbosidan «PAY» - mehmon kelsa...


Zarur masalliqlar: xamiriga: 200 grammdan un va yumshoq tvorog, 125 gr. sariyog‘, 1-3 osh qoshiq muzdek suv, 1 osh qoshiq shakar, tuz; ichiga solishga:500 gr. olxo‘ri murabbosi, 100 gr. shokolad, 3 osh qoshiq shakar, 2 choy qoshiq dolchin; yuziga surtish uchun: tuxum sarig‘i yoki qaymoq.

Tayyorlanishi: 1. Sariyog‘ni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab, muzxonaga 10-15 daqiqaga qo‘ying.

2. Unni tuz, shakar bilan aralashtirib, tvorog qo‘shing. So‘ngra sariyog‘ bo‘laklarini solib, qo‘lingiz bilan aralashtiring-da, muzdek suvni qo‘shing. Agar zarurat bo‘lsa un ham. Xamir yumshoq bo‘lishi kerak.

3. Xamirni ikkita katta-kichik zuvalaga ajrating. So‘ngra sellofan paketga o‘rab, yarim soatga muzlatkichga qo‘ying.

4. Olxo‘ri murabbosidan mevalarni ajratib, maydalab to‘g‘rang-da, shokolad bo‘laklari, shakar va dolchinni qo‘shing.

5. Xamirning katta bo‘lagini aylana shaklida yoying. Yog‘langan qolipga joylashtirib, atrofini ko‘tarib chiqing. Olxo‘rili aralashmani soling.

6. Ikkinchi zuvala xamirni yupqaroq qilib yoying. Eni 3-4 sm.lik tasmalar kesib oling. Va pirog yuzini xamirli tasmalar bilan yoping. So‘ngra tuxum sarig‘i yoki qaymoq surting-da, 35-45 daqiqaga 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying. Pishgach, olovni o‘chirib, yana o‘n daqiqa gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 2 soat.

6 kishilik.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: pay, Olxo‘ri murabbosi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя