Главная » 2022 » Ноябрь » 8 » Qashqadaryoda er xotiniga buyragini berdi
18:51

Qashqadaryoda er xotiniga buyragini berdi


Joriy yilning 7-noyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida 45 yoshli ayolga turmush oʻrtogʻi bir buyragini berdi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, kosonlik 45 yoshli bemor ayol X.H. 13 yildan buyon surunkali glomerulonefrit kasalligidan aziyat chekib kelgan. Sakkiz oydan buyon gemodializ muolajalarini olib kelayotgan bemorga turmush oʻz buyragini berishga qaror qilgan.

Mazkur operatsiya Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xirurgiya boʻlimi boshligʻi, tibbiyot fanlari doktori, professor Farhod Xadjibayev rahbarligidagi guruh va mahalliy mutaxassislar ishtirokida muvaffaqiyatli oʻtkazilgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2018-yildan boshlab buyrak transplantatsiyasi amaliyotlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Qashqadaryoda ilk buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti 2020-yilning mart oyida bajarilgan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xotiniga, buyragini, berdi, er, Qashqadaryoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя