Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Qiymali pirog - yangilikka tobingiz qalay?
17:07

Qiymali pirog - yangilikka tobingiz qalay?


Zarur masalliqlar: 500 gr. go‘sht qiymasi, 250 gr. smetana, 150 grammdan un va pishloq, 3 dona tuxum, 2 bosh piyoz, 1 choy qoshiq xamir yumshatgich, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Go‘sht qiymasiga go‘shtqiymalagichdan o‘tkazilgan piyozni qo‘shib, aralashtiring. Tuz, murch sepishni unutmang. So‘ngra yong‘oq kattaligida «sharcha»lar yasab, muzxonaga qo‘ying.

2. Tuxumni yengil ko‘pirtirib, smetana qo‘shing. So‘ngra un, xamiryumshatgich va tuz solib, quyuqroq xamir tayyorlang. Xamirni aylana shakldagi yog‘langan qolipga quyib, go‘shtli «sharcha»larni joylang.

3. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib, pirog ustidan seping-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo‘ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

6 kishilik. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Qiymali pirog | Рейтинг: 1.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя