Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Qovoqdan pirog - mavsumning haqiqiy yangiligi!
17:07

Qovoqdan pirog - mavsumning haqiqiy yangiligi!


Zarur masalliqlar: xamiriga: 350 gr. un, tuz, 120 gr. sariyog‘, 1 dona tuxum sarig‘i, tuz; ustiga solishga: 1 kg. qovoq, 200 ml. qaymoq, 120 shakar, 3 dona tuxum, yong‘oq, dolchin, qalampirmunchoq kukuni.

Tayyorlanishi: 1. Muzlatilgan sariyog‘ni maydalab un va tuz bilan aralashtiring. Tuxum sarig‘ini solib, 1 osh qoshiq suv qo‘shing-da, xamir tayyorlang. Zuvalani sellofanga o‘rab, 1 soatga muzlatkichga qo‘ying.

2. Xamirni aylana shaklda, qolipingizga moslab yoying. Bir-ikkita joyiga sanchqi sanchib, yana sellofanga o‘rang-da, 20 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying. So‘ngra ustiga quruq loviya solib, 15 daqiqaga 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying. Keyin loviya donalarini olib tashlaysiz.

3. Qovoqni po‘stidan tozalab, katta bo‘laklarga bo‘ling-da, zar qog‘ozga o‘rab, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo‘ying. So‘ngra maydalab, yaxshilab ezing.

4. Tuxumni ko‘pirtirib, shakar va qaymoq qo‘shing-da, ko‘pirtirishda davom eting. Qovoq bilan aralashtirib, dolchin va qalampirmunchoq qo‘shib, pirog ustiga soling. Maydalangan yong‘oqni pirog yuziga joylab, 35 daqiqaga 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa.

6 kishilik.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Qovoqdan pirog | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя