Главная » 2017 » Май » 10 » Qulupnaydan syurpriz! Tortmi bu yo muzqaymoq?!
18:44

Qulupnaydan syurpriz! Tortmi bu yo muzqaymoq?!


Zarur masalliqlar: 250 gr. qulupnay, 150 gr. pechene, 100 gr. sariyog`, yarim piyola kokos qirindisi, 2 dona tuxum oqi, 1 stakan shakar, 1 osh qoshiq limon sharbati, vanilin, yarim choy qoshiq dolchin, kardamon.

Tayyorlanishi: 1. Pechenelarni maydalaymiz. Kokos qirindisini qo`shamiz. Keyin xona haroratida yumshatilgan sariyog` va dolchinni solib, yaxshilab aralashtiramiz.

2. Aylana shakldagi qolipga pishiriq qog`ozini yoyib, pecheneli aralashmani soling. Bir tekis qilib tekislab, muzxonaga qo`ying.

3. Qulupnaylarni maydalab to`g`rang. Chuqurroq idishga solib, shakar, vanilin, tuxum oqi, limon sharbati va vanilinni qo`shing. Istakka ko`ra ozgina kardamon qo`shish ham mumkin. So`ngra mikser bilan yaxshilab aralashtiring. To masalliq uch karra ko`payguncha aralashtirishdan to`xtamang.

4. Qulupnayli aralashmani tort ustiga solib, yana 4 soat muzlatkichda qoldiring. Tortni qulupnay mevasi va kokos qirindisi bilan bezang.

8 kishilik

5 soat


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: muzqaymoq, Tort, syurpriz, qulupnay | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя