14:32 Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risida Prezident qarori e`lon qilindi | |
19 may kuni Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risida O`zbekiston Prezidentining qarori e`lon qilindi. Bugungi kunda ona yurtimiz, O`zbekistonimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo`yib, barcha sohalarda katta yutuq va marralarni qo`lga kiritayotganini, diyorimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta, farovon hayotni, fayz va qut-barakani xalqimiz avvalambor Yaratganimizning cheksiz marhamati sifatida shukronalik va rozilik bilan qabul qilmoqda. El-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi bo`lib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma`naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o`rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o`zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga mansub olijanob fazilatlarni, diniy-ma`rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug`lash maqsadida 2017 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 27 may kuniga to`g`ri kelishi haqidagi O`zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma`lumot uchun qabul qilinsin. Qarorning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|