12:18 Ronaldu JCh-2022 haqida: “Imkonsiz narsani oʻzi yoʻq! Portugaliya bor” | |
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining JCh-2022ga tayyorligini maʼlum qildi. “Biz dunyoning asosiy turniridagi chiqishimizni boshlamoqchimiz. Mamlakatimiz nomini, uning bayrogʻini baland koʻtarishimiz uchun bu sarguzasht uzoq va muvaffaqiyatli boʻlishini barchamiz xohlaymiz. Portugaliyaliklar biz bilan faxrlanishlarini va baxtli boʻlishlarini istaymiz. Imkonsiz narsani oʻzi yoʻq! Portugaliyaga bor!”, – deb fikr bildirdi “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi. Portugaliya guruh bosqichining 1-turida bugun, 24-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da Ganaga qarshi bilan bahs olib boradi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|