Главная » 2016 » Ноябрь » 22 » «Sehrli Mumcha» - Taom ichida taom
08:09

«Sehrli Mumcha» - Taom ichida taom


Zarur masalliqlar (4 kishilik): 1 ta o‘rtacha kattalikdagi qovoq, 200 gr. qo‘ziqorin, 100 ml. sho‘rva (kubiklardan foydalansangiz ham bo‘ladi), 3 ta kartoshka, 1 bosh piyoz, 3 osh qoshiq tomat, 2 osh qoshiq sariyog‘, yarim bog‘dan shivit va kinza, o‘simlik yog‘i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Qovoqning ustki qismini ehtiyokorlik bilan kesib oling. Keyin ichini o‘yib olib, urug‘idan tozalang. Sariyog‘ni qovoqning ichiga surtib chiqing.

2. Qo‘ziqorinni bo‘laklarga ajratib, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovurib oling.

3. Kartoshkalarni kichikroq qilib to‘g‘rab, qovurib oling. Piyozni halqa shaklida to‘g‘rab, uni ham tillarangga kirguncha qovuring-da, keyin tomat soling. Oxirida sho‘rvani qo‘shib, maydalangan ko‘katlarni ham soling.

4. Qovoq ichiga kartoshka, qo‘ziqorinni solib, tuz, murch seping. Keyin piyozli qaylani quyib, qovoqli qopqoqni yoping. 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo‘ying. Keyin pishloq qirindisini sepib, yana 15 daqiqa gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 40 daqiqa.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: ta'om, sehrli, Retsept | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя