Главная » 2017 » Январь » 13 » Shaftoli va yong‘oqli pirog - Mazasi bir umr og‘zingizda qoladi
14:54

Shaftoli va yong‘oqli pirog - Mazasi bir umr og‘zingizda qoladi


Zarur masalliqlar: xamiriga: 300 gr. un, 200 gr. smetana, 100 gr. sariyog‘, yarim stakan shakar, 2 choy qoshiq yumshatgich, 1 paket vanilinli shakar.

Qaylasiga: 250 gr. shaftoli murabbo, 200 gr. yogurt, 150 gr. yong‘oq, 100 gr. sariyog‘, 2 dona tuxum, 25 gr. kraxmal, 3 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq qaymoq.

Tayyorlanishi: 1. Xamir uchun mo‘ljallangan masalliqlarni aralashtirib, xamir qoring.

2. Shaftoli murabbosini yogurt, kraxmal va ko‘pirtirilga tuxum bilan aralashtiring.

3. Sariyog‘, shakar va qaymoqni aralashtirib, past olovda 3 daqiqa qaynating. Keyin maydalangan yong‘oq qo‘shing.

4. Xamirni yoyib, chetlarini ko‘tarib yog‘langan patnisga joylashtiring. Shaftoli murabboli va yong‘oqli qaylani solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga yarim soatga qo‘ying.

Pishiriq yopishib qolmasligi uchun qolipni yog‘lab bo‘lganingizdan so‘ng uni 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Mazasi, Shaftoli, pirog, yong‘oqli, og‘zingizda qoladi, bir umr | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя