Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » To‘yimli salat - konservalangan qizil loviyadan!
17:07

To‘yimli salat - konservalangan qizil loviyadan!


Zarur masalliqlar (4 kishilik): 300 gr. qaynatilgan go‘sht, 1 banka (200 gr.) konservalangan qizil loviya, 3 dona pomidor, 2 ta tuzlangan bodring, 1 bosh qizil piyoz, 1 ta bulg‘or qalampiri, 1 bo‘lak sarimsoq piyoz, 6 osh qoshiq zaytun yog‘i, 4 choy qoshiq sirka, petrushka, rayhon bargi, qora murch, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni yupqa halqa shaklida to‘g‘rang. Bulg‘or qalampirini o‘rtasidan bo‘lib, qaynatilgan go‘sht, pomidor bilan birga maydalab to‘g‘rang. Sarimsoq piyozni ezing.

2. Bodringni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Konservalangan qizil loviyani elakdan o‘tkazib, suvini yaxshilab silqiting. Petrushka va rayhon bargini maydalang.

3. Sous tayyorlash uchun sirka, zaytun yog‘i, tuz, qora murch va konservalangan qizil loviya suvini aralashtiring. Keyin salatga solib, yaxshilab aralashtiring. 30 daqiqaga salatni salqinroq joyga qo‘ying. Dasturxonga ko‘katlar bilan bezab, tuz sepib torting.

Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: To‘yimli salat | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя