Главная » 2022 » Август » 29 » Toshkentda kuchli magnit boʻroni kuzatiladi
11:44

Toshkentda kuchli magnit boʻroni kuzatiladi


Quyoshda M toifali kuchli chaqnashlar qayd etildi. Undan otilib chiqqan plazma oqimi bugun, 29-avgust kuni Yerga yetib keladi va geomagnit boʻronlariga sabab boʻladi.

5 balli, G3 darajali magnit boʻronlari ertaga, 30-avgust sanasida ham davom etadi. Bu vaqtda taʼsirchan odamlarda bosh ogʻriqlari, charchoq, holsizlik, uyqusizlik kuzatilishi mumkin.

Magnit boʻronlari vaqtida yosh bolalar va keksa yoshdagi insonlar, shuningdek bemorlarga ogʻir jismoniy harakatlardan voz kechish, stressli vaziyatlardan uzoqroq boʻlish tavsiya etiladi. Bu kunlarda koʻproq suv ichib, toza havoda sayr qilish geomagnit boʻronlari taʼsirining oldini olishga yordam beradi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kuzatiladi, boʻroni, Toshkentda, Magnit, kuchli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя