Главная » 2017 » Январь » 17 » «Universal» pirog - hammaga har doim yoqadi!
16:16

«Universal» pirog - hammaga har doim yoqadi!


Zarur masalliqlar: xamiriga: 400 gr. un, 200 ml. tomat sharbati, 100 ml. o‘simlik yog‘i, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; qiymasiga: 150 grammdan qo‘y va mol go‘shti qiymasi, 250 gr. qovoq, 2 bosh piyoz, 1 dona kartoshka, yarim choy qoshiq zira, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qovoq, kartoshka va piyozni maydalab to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Go‘sht qiymasi bilan aralashtirib, tuz va zira seping.

2. Tomat sharbati, o‘simlik yog‘i, tuzni aralashtirib, un va xamiryumshatgichni qo‘shing. Yumshoq xamir qorib, sellofanga o‘rang-da, to qiyma tayyorlanguncha muzlatkichga qo‘ying.

3. Xamirni teng ikki qismga bo‘lib, qolipingizga mo‘ljallab yoying. Pishiriq qog‘ozi solingan qolipga birinchi bo‘lak xamirni joylab, ustidan qiymani soling.

4. Ikkinchi xamirni yupqaroq yoyib, pirog yuzini yoping. Chetlaridagi ortiqcha xamir bo‘laklarini oling-da, tugib chiqing. Qolgan xamir bilan pirog yuzini bezating. 180-190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo‘ying. Pishgach, yuziga suv sepib, sochiq yopib, 15 daqiqa tin oldiring. Keyin bo‘laklarga bo‘lib dasturxonga tortish mumkin.

5 kishilik

1 soatu 30 daqiqa


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Universal, pirog, hammaga, har doim yoqadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя