Главная » 2017 » Май » 18 » Xonanda Farrux Ahmedov do‘stining o‘limiga sababchi bo‘ldi
18:52

Xonanda Farrux Ahmedov do‘stining o‘limiga sababchi bo‘ldi


Oxirgi ikki uch yilda o‘zbek kinorejissyorlari tomonidan taqdim etilayotgan filmlar son jihatidan ortsa ham, sifat jihatidan tobora sayoz bo‘lib ketganiga guvoh bo‘lyapmiz. Davlat buyurtmasi asosida suratga olinayotgan kartinalar bundan mustasno. Xususiy studiyalar tomonidan suratga olinayotgan kartinalarning ham yaxshilari yo‘q, deb bo‘lmaydi, biroq bori ham yomonlarining ortida ko‘rinmay qolyapti.

Kecha, 17 may kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyida rejissyor Lochin Oxunovning “Asragil” nomli filmi premerasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kartina mavzu jihatidan bugungi kunda ishlanayotgan ko‘plab filmlardan farq qilmasa-da, aktyorlar jamoasi va voqealarning uzviy bog‘liqligi bilan boshqalardan ajralib turibdi.

Filmdagi bosh rollarda asosan yosh aktyorlar namoyon bo‘lgan. Xonanda Farrux Ahmedov, aktrisa So‘g‘diyona Azimova, aktyor Yoqub Ahmedov filmda bosh qahramonlar rolini mahorat bilan ijro etishgan. Ayniqsa, So‘g‘diyona Azimova san’at sohasida oliy ta’limni olmagan bo‘lsa-da, o‘ziga berilgan vazifani a’lo darajada uddasidan chiqqan. Uning roli o‘zini professional sanaydigan ayrim aktrisalarnikidan ancha ishonchli chiqqan.

Film ssenariysi Rustam Jabborov va Dilmurod Masaidovga tegishli. Ssenariy avval boshidan puxta bo‘lgani seziladi, ammo montaj, tasvirga olish jarayonidagi ba’zi noqulayliklar sabab tushunarsiz qismlarga duch kelasiz. Umuman olib qaraganda esa filmda uzuq-yuluq lavhalar, tugallanmay qolgan voqealar ko‘zga tashlanmaydi. Rejissyor bunda detallar va voqealarning dinamikasiga alohida e’tibor qaratgani seziladi.

Filmda ikki do‘stning o‘zaro munosabatlari bir qizga bo‘lgan muhabbat atrofiga quriladi. Ya’ni Yoqub Ahmedov va Farrux Ahmedov bir qizga ko‘ngil qo‘yishadi. Farrux Ahmedov do‘stidan farqli o‘laroq sevgisini pinhon tutadi. U shifokor bo‘lgani uchun ko‘rikka kelgan do‘stiga saraton tashxisini qo‘yadi va oxir-oqibat do‘stining “o‘limi”ga sababchi bo‘ladi. Rejissyor filmning so‘ngiga qadar xotimadagi yechimni sirli saqlashga uringan va buning uddasidan chiqqan ham.

Farrux Ahmedov o‘ziga berilgan vazifani shu qadar ishonchli uddalaganki, tomoshabin to filmning oxiriga qadar uning sotqin ekani va barcha voqealar u bilan bog‘liqligini payqamaydi.

Kartinada O‘zbekiston xalq artistlari Muhammadali Abduqunduzov hamda Gavhar Zokirova ham ishtirok etishgan. Premerada O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov so‘zga chiqar ekan, navbatdagi film tomoshabinlarning qalbidan joy olishiga ishonch bildirib, o‘zbek kinosida yaxshi filmlar soni yana bittaga ortganini aytdi.

Ayni paytda kartina shahar kinoteatrlarida namoyish etilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Xonanda, do‘stining o‘limi, Farrux Ahmedov, sababchi bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя