Главная » 2017 » Июль » 23 » Xotini haqida er nima bilishi kerak
11:16

Xotini haqida er nima bilishi kerak


Er va xotin orasida tushunmovchiliklar juda ko'p bo'ladi. Ayol kishi erkakdan nafaqat jismonan, balki psixologik jihatdan farq qiladi. Shuning uchun uninag ayrim fazilatlari erkak uchun g'alati ko'rinishi mumkin. Ayolni shundayligicha seva bilish kerak. Buning uchun erkaklar o'z ayoli, ya'ni xotini to'g'risida quyidagilarni bilishi lozim.

1. Ayol kishini Xudo erkakdan farqli qilib yaratgan. Uning organizmi butunlay boshqacha. Ayol kishi boshqacha fikr yuritadi, boshqacha o'ylaydi, boshqacha so'zlaydi. Ayollarda intuitsiya bo'ladi. Agar erkak bosiq bo'lsa, ayol o'z emotsiyalarini ichida saqlamaydi. Ayol kishi o'z yaqinlari haqida doim hamma narsa bilib yurishni istaydi. Ayolning ushbu xususiyatlariga erning jahli chiqishi noo'rin.

2. Har bir ayol hurmat va e'tiborga zor. Er qanchalik ayoliga e'tiborli bo'lsa, o'zi shunchalik baxtiyor bo'la oladi. Xotinini hurmat qilish esa oilaviy totuvlikka olib keladi. Hech qachon ish, ko'cha va do'stlarni ayolingizdan ustun ko'rmang. Chunki erning eng katta boyligi bu uning baxtiyor turmush o'rtog'idir.
Ishda qanchalik band bo'lishingizdan qat'iy nazar xotiningizga shirin so'z aytish uchun qo'ng'iroq qilishni unutmang. Xotiningiz qadriga yeting. Uni sevishingiz haqida unga aytib turing. Ayollar bunga muhtoj bo'ladilar. Faqat bayramda emas, balki boshqa kunlarda ham sovg'alar qiling.

3. Ayol uchun eng katta haqorat bu erining unga bee'tibor bo'lishidir. Ayol kishi doim eriga kerakligini, eriga yoqimli ekanligini his qilishi zarur. Xotiningiz bilan intim aloqada bo'lishni chetga surib qo'ymang. Ayolni intim hayotini go'zal qilish, uni quchoqlash, o'pish yaxshi kayfiyat garovidir.

4. Ayol uchun uning uyi eng asosiy makonidir. Uyni go'zal va saramjon qilish uning vazifasi. Uyda xotin uchun moddiy sharoit yaratib berish - bu erning vazifasi.

5. Ayolda muammo bo'lib, uni hal qilish erning qo'lida bo'lmasa, ayolga hamdard bo'lishni bilishi kerak.

6. Ayol erkalik qiladi. Ayrim hollarda injiqlik ham qilishi mumkin. Bunga jahliz chiqmasin, u shunisi bilan sizdan farq qiladi va go'zaldir.

7. Ayol qiynalganda ko'z yosh to'kadi. Ayol yig'laganda er jahli chiqmasdan uni tushuna bilishi kerak.

8. Ayol uchun moddiy boylikdan ko'ra sizning g'amxo'rligingiz afzal. Er doim dam olish kunlari o'z oilasini qiziqarli o'ynatishi lozim. Masalan, restoranga borib birga ovqatlanish, bolalar bilan parkga borish yoki uyda xotinini hursand qilib uy ishlarida yordam berish, mazali taom pishirib berish va hokazo.

"Men unga mashina olib berdim-ku, uning chehrasi esa ochilmadi", - deb erkaklar ba'zida ayollardan xafa bo'ladi.

Erini sevadigan va hurmat qiladigan ayol uchun erining puli emas, balki mehri, e'tibori va sevgisi muhimdir.

Bu tuyg'ularni turmush o'rtog'ingizga qiladigan e'tiboringiz, intim hayot, arzimagan sovg'alar, gul va shirin so'zlar orqali izhor etib yuring.

Xotiningiz qanchalik baxtiyor bo'lsa sizning hayotingiz shunchalik go'zal, osoyishta va baxtli kechadi, uyingiz esa barakaga boy bo'ladi.


Manba: "tarona.tv"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: bilishi kerak, Erkak, jinsiy aloqa, Erkak va ayollar, xotin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя