Главная » 2016 » Ноябрь » 23 » Xushta’m Ragu - yangicha ovqat
12:06

Xushta’m Ragu - yangicha ovqat


Zarur masalliqlar: 500 gr. go‘sht, 300 gr. qovoq, 250 ml. sho‘rva (kubiklardan foydalansangiz bo‘ladi),  2 ta kartoshka, 2 bosh piyoz, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, 1 ta sariq bulg‘or qalampiri, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Go‘shtni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuring. Piyoz va sarimsoq piyozni maydalab to‘g‘rab, qovurilayotgan go‘shtga qo‘shing.

2. Bulg‘or qalampiri, kartoshka va qovoqni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Ularni ham qozonga solib, qovurishda davom eting. 15 daqiqadan keyin qaynatilgan sho‘rvani solib, tuz, murch seping-da, 50 daqiqa past olovda dimlang.

Tayyorlanish vaqti: 80 daqiqa.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Ragu | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя