Главная » 2017 » Май » 5 » Yevropacha taom — o`zingiz bemalol pishira olasiz!
17:04

Yevropacha taom — o`zingiz bemalol pishira olasiz!


Zarur masalliqlar: 400 grammdan yangi kartoshka va mol go`shti, 2 bosh piyoz, bitta sabzi, 3-4 ta pomidor, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, lavr yaprog`i, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, yarim bog` kashnich va shivit, tuz, qora va qizil murch.

Tayyorlanishi: 1. Yangi kartoshkani po`stidan tozalab, tuzli suvga soling-da, qaynating.

2. Go`shtni kichikroq qilib, piyozni yarim halqa, sabzini somoncha shaklida, sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rang.

3. Qizdirilgan o`simlik yog`ida go`shtni qizartirib qovuring. Tuz, ziravorlardan sepishni unutmang.

4. Sarimsoqpiyoz va piyozni qo`shgach, 5 daqiqa qovuring-da, 2 stakan suv quying. Qaynab chiqqach, olovni pastlab, 20 daqiqa qopqog`ini yopib qaynating. Keyin sabzini solasiz. Va 20 daqiqa dimlaysiz. Tuz va murchdan sepib, lavr yaprog`ini oxirgi daqiqalarda solishni unutmnag.

5. Pomidorni maydalab to`g`rab, taomga qo`shamiz-da, yana 5-7 daqiqa dimlaymiz.

6. Taom pishgach kartoshkani katta bo`laklarga bo`lib, go`shtli qayla bilan dasturxonga torting.

3 kishilik

1 soatu 30 daqiqa


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: bemalol, pishira olasiz, ozingiz, Yevropacha taom | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя