Главная » 2017 » Май » 3 » Bobur Bobomurod o‘zi va Shirin haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
15:44

Bobur Bobomurod o‘zi va Shirin haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi


Farhod va Shirin dueti prodyuseri, shoir Bobur Bobomurod jurnalist Jasur Hamroyevning Facebook sahifasi orqali internet foydalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Muxlislardan biri “Shirin bilan o‘rtangizda nima bor? Eshitishimcha, u bilan ishqiy munosabatda ekansiz?” deya savol berdi.

“Atrofda aylanayotgan mish-mishlarga e’tibor bermaslik kerak. Bu narsa odamlarga kerak ekanki, gapirishadi. O‘zim haqimdagi mish-mishlarni keyinchalik eshitib qolaman.

Odamlarga g‘iybat qilish yomon, mish-mish tarqatish gunoh deyman.

Shirin kichkina qizcha edi. Uni hech kim tanimas edi. Shu qizcha yuzaga chiqdi. Katta-katta davlat tadbirlarida ishtirok etyapti. Stadionlarni to‘ldirib konsert beryapti. Oliygohlarda tahsil oldi. Hayotda o‘z o‘rnini topyati. Nimaga odamlar Shirin haqidagi mana shu gaplarni gapirmaydi?

Shuning uchun bunday gap-so‘zlarga e’tibor bermaslik kerak. Bu mish-mishlar bizdan oldingi ustozlarda bo‘lmaganmi? Navoiy, Abdulla Oripov, Yulduz Usmonova yoki Sherali Jo‘raev haqida mish-mishlar tarqalmaganmi?”,—deydi Bobur Bobomurod bu savolga javoban.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: mish-mishlar, Bobur Bobomurod, Shirin, oydinlik kiritdi, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя