Главная » 2016 » Декабрь » 2 » «Shaxmat» Torti - mehmonlarni mot qilamiz!
09:31

«Shaxmat» Torti - mehmonlarni mot qilamiz!


Zarur masalliqlar: biskvit uchun: 2 stakandan shakar va un, 12 dona tuxum, 2 osh qoshiq kakao; krem uchun: 800 ml. qaymoq, 2 stakan shakar va choy qoshiq uchida vanilin; glazur uchun: 4 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiqdan qaymoq va kakao, yarim stakan suv; shaxmat donalari uchun: 1 donadan oq va qora shokolad.

Tayyorlanishi: 1. Ikki xil biskvit tayyorlash uchun masalliqlarni teng ikkiga bo‘lamiz. 6 dona tuxum oqini ko‘pirtiring. 1 stakan shakar qo‘shib, ko‘pirtirishda davom eting. Tuxum sarig‘ini qo‘shing. So‘ngra 1 stakan un qo‘shib, yog‘och qoshiq bilan aralashtiramiz. Aylana shakldagi yog‘langan qolipga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-45 daqiqaga qo‘ying. Muhimi, shoshma-shosharlik qilib 40 daqiqadan oldin gaz pechini ocha ko‘rmang. Bo‘lmasa, biskvitingiz shishib chiqmaydi.

2. Ikkinchi kakaoli biskvitni ham xuddi shu tarzda tayyorlaysiz. Faqat xamiriga kakao qo‘shishni unutmang.

3. Pishiriq qog‘oziga shaxmat donalari suratini chizib oling. Shokoladlarni alohida idishlarda suv bug‘ida eriting va «shpris» yoki «nasadka» yordamida suratlar konturi bo‘ylab yurg‘izing.

4.  Qaymoqni vanilin va shakar bilan to quyuqlashguncha ko‘pirtiring.

5. Suvga shakar va kakaoni solib, olovga qo‘ying. Aralashtirib turgan holda qaymoqni soling. To quyuqlashguncha olovda tuting.

6. Biskvitlarni eniga 2 bo‘lakka bo‘ling. Keyin oq va qora biskvitlarni o‘rtasiga krem surtib, ketma-ketlikda joylashtirib chiqing. So‘ngra ustiga va yoniga ham krem surting.

6. Glazur bilan tort yuzasiga shaxmat taxtasini chizing va «shaxmat donalari» bilan tortni bezang. Dasturxonga tortishdan oldin muzlatkichga qo‘yishni unutmang.

2 soat

12 kishilik


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Tort, mot, Shaxmat torti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя